O‘zbekistonlik dzyudochilar JCHni 2 ta medal bilan yakunladi

Sport

image

BAA poytaxti Abu-Dabi shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi turnirda 2 ta medal qo‘lga kiritdi.

Kecha, 24 may kuni aralash jamoaviy dasturda qatnashgan o‘zbekistonlik sportchilar 3-o‘rin uchun bahsda Italiyaga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, musobaqa O‘zbekiston uchun Diyora Keldiyorovaning (-52 kg) kumush va Alisher Yusupovning (+100 kg) bronza medali bilan nihoyasiga yetdi.

Qayd etish joiz, jamoaviy dasturda g‘oliblik turnirning yarim finalida O‘zbekiston vakillaridan ustun kelgan dzyudo vatani hisoblanmish Yaponiya sportchilariga nasib etdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston umumjamoa hisobida musobaqani 11-o‘rinda yakunladi. 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 9 ta medal bilan Yaponiya birinchi, 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan Gruziya 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikni 5 ta medal bilan Janubiy Koreya vakillari band etdi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Diyora Keldiyorova Alisher Yusupov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing