O‘zbekistonlik dzyudochilar Vengriyadagi “Katta dubulg‘a” musobaqasida 2 ta medal qo‘lga kiritdi

Sport

image

Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yana bir musobaqa o‘z poyoniga yetdi. Unda yetti nafar sportchi bilan qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunladi.

+100 kg vazn toifasidagi Shohruh Baxtiyorov bronza medali uchun bellashdi. Finlyandiyalik Marti Pumalaynenga qarshi tatamiga chiqqan Baxtiyorov ajoyib harakatlari bilan g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi va bronza medaliga ega chiqdi. Shohruh ushbu natija bilan hisobiga jahon reytingi uchun 500, Parij-2024 yo‘lida 250 reyting ochkosini yozib qo‘ydi.

-66 kg vazn toifasi finalida ishtirok etgan Rahimjon Subxonov hal qiluvchi bellashuvda yaponiyalik Olimpiada chempioni Xifumi Abega qarshi munosib kurashdi.

Garchi bellashuv kunchiqar yurt vakilining g‘alabasi bilan xotima topgan bo‘lsa-da, o‘zbekistonlik polvon Xifumi Abega munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Yakunda Abe 2 vazari bahosi bilan o‘zining 3 yildan beri uzilmayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Subxonov esa kumush medal bilan kifoyalandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Vengriyadagi musobaqaga ikkinchi tarkib bilan borgan edi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing