O‘zbekistonlik dzyudochi qiz nufuzli turnir finaliga chiqdi

Sport

image

Ayni kunlarda Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turniri bahslari o‘tkazilmoqda. Ayollar o‘rtasida  -52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Diyora Keldiyorova turnir final bosqichiga yo‘l oldi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Keldiyorova oltin medal uchun bahsda italiyalik Odette Giuffridaga qarshi tatamiga chiqadi.

-48 kg vazn toifasida kurashayotgan Halima Qurbonova bronza medal uchun bahs olib boradigan bo‘ldi. 3-o‘rin uchun kurashda unga ispaniyalik Koma Lapuerta raqiblik qiladi.

-60 kg vaznda kurashayotgan ikki nafar sportchi Kamoliddin Baxtiyorov hamda Doston Ro‘ziyev esa mos ravishda Ozarbayjon va Gruziya vakillari bilan bronza medali uchun bellashadi.

Ma’lumot uchun, “Katta Dubulg‘a” turniri 18 fevralga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Diyora Keldiyorova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing