O‘zbekistonlik diplomat Turkiy Kengash Bosh kotibiga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
21 Sentabr 2020
5664Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy Kengash) Bosh kotibi o‘rinbosari lavozimiga O‘zbekiston fuqarosi Mirvohid Azimov nomzodini tasdiqlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Mirvohid Azimov Toshkent shahrida tug‘ilgan, 40 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini 2003 yilda xalqaro huquq bo‘yicha bakalavr va magistr darajasi bilan tamomlagan, yuridik fanlari nomzodi.
U Tashqi ishlar vazirligida 17 yillik mehnat tajribasiga ega.To‘rt yil davomida Pekindagi Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyatida ishlagan. 2012 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligining yuridik bo‘limini boshqarib keladi.
Mirvohid Azimov Turkiy kengashdagi faoliyatini shu yil oktyabr oyidan boshlashi kutilmoqda.