O‘zbekistonlik chavandoz o‘z “Chicharito”si bilan xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi

Sport

image

Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan konkur bo‘yicha xalqaro turnirda o‘zbekistonlik Abdurahmon Abdullayev kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

19 dekabr kuni Al-Ayn shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro turnir start oldi. Mazkur musobaqaning ikkinchi kunida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Abdurahmon Abdullayev shohsupaga ko‘tarildi. U 195 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida ikkinchi natijani qayd etdi. Bellashuvda chavandoz “Chicharito” laqabli tulpor bilan qatnashdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Abdurahmon Abdullayev 6 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Sharjadagi xalqaro turnirda ham kumush medalga ega chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston chavandoz Chicharito

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing