O‘zbekistonlik chavandoz xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Sport

image

Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida konkur bo‘yicha “Maxima Masters Team” musobaqasining G‘alaba bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xurshidbek Olimjonov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Olimjonov ushbu muvaffaqiyatga 135 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida erishdi. Bellashuvlarda unga “Champions league” laqabli tulpori hamrohlik qildi. Turnir 24 dekabrgacha davom etadi.

Bungacha Olimjonov iyul oyida aynan Rossiyada bo‘lib o‘tgan “Maxima Stable” xalqaro turnirida ham g‘olib bo‘lgandi. O‘shanda ham O‘zbekiston vakiliga “Champions league” laqabli tulpori hamrohlik qilgan. Shuningdek, Olimjonov shu yili Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilgan Osiyo o‘yinlarida ham ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Milliy Olimpiya qo'mitasi Xurshidbek Olimjonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing