O‘zbekistonlik bokschilar o‘z janglarini nokaut bilan tugatdi

Sport

image
Bugun, 29 may kuni Humo Arena majmuasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Unda ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik bokschilar Murodjon Ahmadaliyev, Abdumalik Xalokov va Lazizbek Mullojonov g‘alaba qozondi.

Dastlab ringga ko‘tarilgan Olimpiada chempioni Abdumalik Xalokov hindistonlik Vishal Kumarga qarshi jangning ikkinchi raundida raqibini nokautga uchratdi. Olti raundga mo‘ljallangan bahsda o‘zbekistonlik bokschi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Lazizbek Mullojonov venesuelalik Luis Xose Marin Garsiyaga qarshi ringga ko‘tarildi. Og‘ir vazn toifasidagi WBC Eurasia kamari uchun o‘tkazilgan bellashuvda Mullojonov muddatidan avval zafar quchdi. Hakam uchinchi raund davomida raqib tomonida ogohlantirishlar ko‘paygani sababli jangni to‘xtatdi va g‘alaba o‘zbekistonlik bokschiga berildi.

Oqshomning markaziy jangida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev venesuelalik Egli Moskedaga qarshi ringga ko‘tarildi. Va jangni muddatdan avval to‘rtinchi raunda nokaut bilan yakunladi.

Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonlik bokschilar nokaut janglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing