O‘zbekistonlik bokschilar Tokio Olimpiadasiga jo‘nab ketdi. Tarkibda kimlar bor?

Sport

image

Joriy yilning 23 iyul kunidan boshlab Yaponiya poytaxti Tokio shahrida 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari start oladi. Kecha, 4 iyul kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya poytaxtiga jo‘nab ketdi.

Marat Qurbonov murabbiyligidagi o‘zbekistonlik bokschilar tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini uchta tarkib bilan Olimpiada o‘tkaziladigan mamlakat — Yaponiyaning o‘zida olib borishadi. 

O‘zbekiston boks terma jamoasi Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari bahslarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar:

  • -52 kg: Shahobiddin Zoirov;
  • -57 kg: Miraziz Mirzahalilov;
  • -63 kg: Elnur Abduraimov;
  • -69 kg: Bobousmon Baturov;
  • -75 kg: Fanat Qahramonov;
  • -81 kg: Dilshod Ro‘zmetov;
  • -91 kg: Sanjar Tursunov;
  • +91 kg: Bahodir Jalolov.

Ayollar:

  • -51 kg: Tursunoy Rahimova; 
  • -60 kg: Rayhona Qodirova;
  • -69 kg: Shahnoza Yunusova.

Ma’lumot uchun, Tokio Olimpiadasining boks bellashuvlari 24 iyul kuni start oladi. 

Avvalroq O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi Ochilbay Ramatov Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan charm qo‘lqop ustalari va ularning murabbiylari bilan uchrashgan edi. Uchrashuv davomida Ramatov bokschilardan umidi kattaligi, Olimpiada vaqtida ko‘proq medallar aynan ulardan kutilishini ta’kidlagandi. 

Ma’lumot o‘rnida, 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston boks terma jamoasi 3 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan edi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing