O‘zbekistonlik bokschilar “Stranja” turnirini 8 medal bilan yakunladi
Sport
−
03 mart 10671 1 daqiqa
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan “Stranja” turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Joriy yilning 22 fevlaridan 3 martiga qadar Bogariyaning Sofiya shahri an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelayotgan “Stranja” xalqaro turniriga mezbonlik qildi. Ushbu turnirda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ishtirok etdi va jamoa murabbiyi To‘lqin Qilichev bo‘ldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘zbekistonlik bokschilar 5 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
- -54 kg: Shahzod Muzaffarov;
- -57 kg: Xo‘janazar Nortojiyev;
- -80 kg: Fazliddin Erkinboyev;
- -92 kg: To‘rabek Habibullayev;
- +92 kg: Jahongir Zokirov.
Kumush medal;
- -48 kg: Behruz Xoldorov.
Bronza medal:
- -51 kg: Asilbek Jalilov;
- -75 kg: Javohir Ummataliyev.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr