O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro musobaqada 6 ta medalga ega chiqdi
Sport
−
04 fevral
6760O‘zbekistonlik bokschilar Ispaniyada o‘tgan xalqaro musobaqada 6 ta medalga ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Ispaniyaning La-Nusiya munitsipaliteti mezbonlik qilgan boks bo‘yicha “Boxam” xalqaro musobaqasi o‘z yakuniga yetdi va unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
“Kecha o‘tgan final bahslarida ringga ko‘tarilgan yigitlarimizning barchasi g‘alaba qozonishga erishdi”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Qayd etilishicha, oltin medal bilan:
- 63,5 kg: Mujibillo Tursunov
- -71 kg: Havasbek Abdullayev
- -80 kg: To‘rabek Habibullayev
- -92 kg: Shohjahon Abdullayev
Bronza medal bilan:
- -63.5 kg: Ruslan Abdullayev
- -92 kg: Lazizbek Mullojonov sovrindor bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning 24 noyabridan 4 dekabriga qadar Armaniston poytaxti Yerevan shahrida, o‘smir bokschilar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari umumjamoa hisobida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
LiveBarchasi