O‘zbekistonlik bokschi qizlar Osiyo chempioni bo‘ldi
Sport
−
02 noyabr 2023 4682 1 daqiqa
Qozog‘istonning Ostona shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatining ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda Maftuna Musurmonova va Sevara Mamatova shohsupaning 1-pog‘onasidan joy oldi.
-46 kg vaznda ringga chiqqan Musurmonova mezbon davlat bokschisini yengib, bosh sovringa ega chiqqan bo‘lsa, -57 kg vaznda bahslarga kirishgan Mamatova oltin medal uchun jangda Hindiston vakilini mag‘lub etdi.
-50 kg da Robiya Ravshanova, -52 kg da Muslima Turg‘unova, -54 kg da Zuhro Rustamova va -63 kg vaznda Aselya Tulegenova final jangida imkoniyatni boy berib kumush medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.
Kun dasturida yana 5 nafar O‘zbekiston vakili Osiyo chempionligi uchun jang qiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025