O‘zbekistonlik bokschi qiz turnirni g‘alaba bilan boshladi

Sport

image

Rossiyaning Ulan-Ude shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun musobaqa doirasida 69 kilogramm vaznli o‘zbekistonlik bokschi Shahnoza Yunusova tojikistonlik Idimoh Xolovaga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 2 oktyabr kuni Rossiyaning Ulan-Ude shahrida FSKda boks bo‘yicha XI Jahon chempionati ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 57 mamlakatdan 200 nafardan ortiq sportchilar 10 vazn toifasida medallar uchun kurash olib boradi. Jahon chempionati 3 dan 13 oktyabrgacha bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahnoza Yunusova bokschi g'olib

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar