O‘zbekistonlik ayol Istanbulda vafot etdi

Jamiyat

image

Turkiyaning Istanbul shahridagi “Bakırköy Dr.  Sadi Konuk Eğitim Araştırma Hastenesi” shifoxonasida yana bir O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabyuar bermoqda. 

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 19 iyul kuni “Bakırköy Dr. Sadi Konuk Eğitim Araştırma Hastenesi” tibbiyot muassasasida O‘zbekiston fuqarosi N.R.  vafot etdi. U joriy yilning 1 iyul kuni yo‘l-transport hodisasi natijasida olingan jarohat tufayli shifoxonaga yotqizilgan edi. 

Turkiya huquqni himoya qilish organlari mazkur holat yuzasidan tergov ishlarini boshlaganlar.

“Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va marhumaning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatdi”, deyiladi rasmiy axborotda. 

Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning qarindoshlari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda Istanbul shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi +90 212-323-20-37,  +90 212-229-00-75 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul

Baholaganlar

22

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing