O‘zbekistonlik ayol farzandini samolyot bortida dunyoga keltirdi
Bu qiziq
−
26 fevral
983724 fevral kuni o‘zbekistonlik ayol Yekaterinburgdan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida chaqaloqli bo‘ldi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” nashri ma’lum qildi.
“Parvoz chog‘ida bortdagi yo‘lovchilar soni bittaga ko‘paydi. Mazasi qochgan yo‘lovchi o‘zbekistonlik homilador ayol bo‘lib, u 10 ming metr balandlikdagi samolyot bortida ko‘zi yoridi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, parvoz chog‘ida yo‘lovchi o‘zini yomon his qila boshlagan. Bort kuzatuvchilari yo‘lovchilar orasida shifokor yoki hamshiralar bor-yo‘qligini surishtirgan. Ammo ayolga yordam berishi mumkin bo‘lgan odamlar topilmaganiga qaramay ayol farzandini eson-omon bag‘riga bosgan. Chaqaloqning jinsi, ona va bola haqida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilmagan.
Kolsovo saytidagi jadvalga ko‘ra, 24 fevral kuni Toshkentga reysni “Ural Airlines” aviakompaniyasi amalga oshirgan. Aviatashuvchi hozircha voqea yuzasidan izoh berganicha yo‘q. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 yanvar kuni Jukovskiy aeroportidan aynan "Ural Airlines” aviakompaniyasining Moskva – Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan U6-2441 reysi samolyoti bortida chaqaloq tug‘ilgan edi.
LiveBarchasi