O‘zbekistonlik atletlar Osiyo chempionatini 44 ta medal bilan yakunladi

Sport

image

Qatarda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Kecha, 25 dekabr musobaqaning so‘nggi kunida ham sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.

O‘smirlar o‘rtasida +102 kg vazn toifasida ishtirok etgan Omadillo Olimov dast ko‘tarishda 156 kg, siltab ko‘tarishda 205 kg va umumiy hisobda 361 kg natija ko‘rsatib, musobaqa chempioniga aylandi hamda 3 ta oltin medalga ega chiqdi. Yoshlar toifasida ham omadini sinab ko‘rgan Omadillo ushbu natijasi bilan yana 3 ta bronza medalni delegatsiya hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Shu tariqa, O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoasi mazkur qit’a birinchiligida 17 tadan oltin va kumush, 10 ta bronza jami 44 ta medalga sazovor bo‘ldi. 20 ta davlatdan 270 dan ortiq yosh polvonlar ishtirok etgan ushbu chempionatda umumhisob bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi reytingda 2-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston og'ir atletika Osiyo chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing