O‘zbekistonlik 5 nafar shaxmatchi Jahon kubogi uchun dona surmoqda
Sport
−
31 iyul 2023
2585Kecha, 30 iyul kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida 30 iyul – 24 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogiga start berildi. Musobaqada 5 nafar shaxmatchi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 30 iyul kuni Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Nilufar Yoqubboyevalar O‘zbekiston nomidan turnirdagi ishtirokini boshlagan. Nodirbek Abdusattorov esa reytingdagi yuqori ochkolari evaziga bahslarni 2-bosqichdan boshlaydi.
1-bosqichda O‘zbekiston vakillari quyidagi natijalarni qayd etdi:
- Shamsiddin Vohidov — Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon) 0,5:0,5;
- Javohir Sindarov — Deng Kipriano Rean (JAR) 1:0;
- Nodirbek Yoqubboyev — Malek Koniaxli (Misr) 1:0;
- Nilufar Yoqubboyeva — Yeva Repkova (Slovakiya) 0,5:0,5;
Bugun, 31 iyul kuni 1-bosqich doirasida 2-partiya o‘yinlari o‘tkaziladi. Agar 2-partiya yakunlariga ko‘ra g‘olib aniqlanmasa, 1 avgust kuni tay-brek o‘ynaladi.
Ma’lumot uchun, Jahon kubogining umumiy sovrin jamg‘armasi 1,834 million dollarini tashkil etadi. Musobaqaning 1-2-3-o‘rinlarini egallagan shaxmatchilar 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan toj da’vogarlari turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Turnir Olimpiya tizimida o‘tkaziladi, ya’ni mag‘lub sportchi musobaqa bilan xayrlashadi, g‘olib esa musobaqani davom ettiradi.
LiveBarchasi