O‘zbekistonlik 27 nafar mutaxassis Osiyo o‘yinlarida hakamlik qiladi
Sport
−
22 Sentabr 2023
2239Xitoyning Xanchjou shahrida 23 sentyabr-8 oktyabr kunlari XIX yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston nomidan 27 nafar sport mutaxassisi bahslarini boshqarib boradigan bo‘ldi.
Jumladan, O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari, mamlakat Og‘ir atletika federatsiyasi raisi o‘rinbosari Shaxrulla Mahmudov Osiyo o‘yinlarining og‘ir atletika musobaqalarini o‘tkazish qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi raisi o‘rinbosari Go‘zal Mo‘minova esa badiiy gimnastika musobaqalarini o‘tkazish qo‘mitasi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi ertaga, 23 sentyabr kuni bo‘lib o‘tsada, bugun, 22 sentyabr kuni bir necha sport turlari bo‘yicha bahslarga start berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xanchjou-2022 doirasida akademik eshkak eshish bo‘yicha yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston nomidan qatnashayotgan Tokio Olimpiadasi kumush medali sohibasi Anna Prakaten 7:47.88 natija ko‘rsatib, musobaqa finaliga yo‘l oldi.
LiveBarchasi