O‘zbekistonlik 14 yoshli shaxmatchi qiz jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
24 noyabr 2023
7783Italiyada o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Afruza Hamdamova 14 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasidagi bahslarda muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Montesilvano shahri mezbonlik qilayotgan bahslarda Afruza 10 turda 9 ochko jamg‘arib, barcha raqiblaridan 1 ochkoga oldinga chiqib oldi.
10-turda Hamdamova rossiyalik Anna Shuxmanga qarshi bahs olib bordi. Qiyin vaziyatga tushib qolganiga qaramay, Afruza yakunda g‘alabaga erishdi.
Ta’kidlash joiz, shu paytga qadar Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Egamberdiyeva mos ravishda yosh toifalarida jahonning vitse-chempionligiga erishgan.