O‘zbekistonlik hakam boshqargan o‘yinda Marokash g‘alaba qozondi

Sport

image

Bugun, 20 iyun kuni 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining “S” guruhi 2-turidan o‘rin olgan Shotlandiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. O‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshqarib borgan ushbu bahsda Marokash 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Jamoalar AQSHning Foksboro shahridagi Jillett stadioni maydonida bahs olib bordi. Uchrashuvni o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

Uchrashuvdagi yagona gol 2-daqiqada kiritildi. Unga Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ismael Saybari mualliflik qildi. Shundan so‘ng, qolgan daqiqalarda gol kiritilmadi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, “S” guruhining 1-turida Shotlandiya Gaitini 1:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Marokash Braziliya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi. Guruh bosqichining so‘nggi turida shotlandiyaliklar joriy yilning 25 iyun kuni Braziliyaga qarshi maydonga tushadi. Marokash esa shu kuni Gaiti bilan bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing