O‘zbekistonga yangi telefon olib kirish yengillashmoqda

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonda jismoniy shaxslar har safar chegaradan o‘tganida 2 ta telefon apparatini, shu jumladan, mobil aloqa moduliga ega bo‘lgan telefonlar va qurilmalarni bojsiz olib kirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 26 oktyabr kuni qabul qilingan qarorda so‘z borgan.

2024 yilning 28 yanvaridan kuchga kiradigan o‘zgartirishlarga ko‘ra, aeroport orqali olib kirilayotganda bitta yoki ikkita telefonning umumiy summasi 2000 AQSH dollaridan oshmasligi kerak. Agar summa shartli ravishda 2300 dollar bo‘lsa, u holda 300 dollarga 30 foiz boj qo‘llaniladi.

Qayd etilishicha, ushbu tuzatishlar xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali kelgan tovarlarga taalluqli emas, ya’ni jismoniy shaxslar har chorakda 1000 dollarlik tovarlarni sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, yangi telefonlarni olib kirishda majburiy deklaratsiya joriy etilmoqda. Bunda telefonlarni olib kiruvchi fuqarolar “qizil” yo‘lak bo‘ylab chegaradan o‘tib, bojxonachilar orqali deklaratsiya to‘ldirishi kerak bo‘ladi. 

Shuningdek, norezidentlarga tegishli mobil qurilmalar IMEI–kodlarining kulrang ro‘yxatda bo‘lish muddati 30 kalendar kunidan 60 kalendar kuniga uzaytiriladi.

Ma’lumot uchun, hukumatning 2018 yil 22 iyundagi qarori bilan maishiy texnika, telefonlar va boshqa tovarlarning umumiy qiymatiga qarab boj to‘lanmaydigan normalari belgilangan. Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar har 6 oyda faqat bitta telefon apparati, shu jumladan, qo‘l telefonini bojsiz olib kirishlari mumkin edi. Endilikda bu tartib o‘zgarmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona O'zbekiston telefon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing