O‘zbekistonga yana 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi
Jamiyat
−
29 iyun 2021
2280Bugun, 29 iyun kuni O‘zbekistonga yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu ushbu vaksinaning O‘zbekistonga keltirilgan 6-partiyasi bo‘lib, bundan avval ZF-UZ-VAC2001 ning:
- 27 martda — 1 million doza;
- 27 aprelda — 1 million doza;
- 18 mayda — 1 million doza;
- 19 mayda — 500 ming doza;
- 10 iyunda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.
Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 6,4 million dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 3,4 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanildi.
Ertaga ZF-UZ-VAC2001ning yana 1 million dozasi keltirilishi kutilmoqda.
LiveBarchasi