O‘zbekistonga vaksinaning navbatdagi partiyasi olib kelindi

Jamiyat

image

Bugun, 25 oktyabr kuni O‘zbekistonga AQSHning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan Pfizer/BioNTech vaksinasining 273 ming 780 dozalik yana bir partiyasi olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.  

Shu tariqa mamlakatga emlash boshlanganidan beri keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 35 million 225 ming 138 dozaga yetdi.

Ulardan:

•  1 594 480 dozasi – AstraZeneca;

•  25 933 818 dozasi – ZF-UZ-VAC2001;

•  720 500 dozasi – “Sputnik V”; 

•  3 000 060 dozasi – Moderna;

•  2 000 280 dozasi – Pfizer/BioNTech;

•  1 976 000 dozasi – Sinovac vaksinasidir.

Shundan 25 101 646 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni ham Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlashga ruxsat berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

40

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing