O‘zbekistonga sement importi keskin oshdi
Jamiyat
−
04 iyun 2021
9217Joriy yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan O‘zbekistonga qiymati 50,5 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 million tonna sement import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
2021 yilning to‘rt oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
- Qozog‘iston — 498,3 ming tonna;
- Qirg‘iziston — 278,5 ming tonna;
- Tojikiston — 234,7 ming tonna;
- Eron — 10,8 ming tonna;
- Turkmaniston — 8,6 ming tonna.
Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 515,1 ming tonnaga ko‘p.
LiveBarchasi