Sement importiga ruxsat berildi
Jamiyat
−
23 may 2020
64032020 yilning 23 mayidan mamlakatimizga sement olib kelinishidagi cheklovlar olib tashlandi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi 309-son qarorida belgilab qo‘yildi.
Qayd etilishicha, Respublikada amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini taqchil qurilish materiallari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida qabul qilingan ushbu qaror bilan karantin davrida joriy etilgan muayyan cheklov bekor qilinmoqda.
Xususan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi va “O‘zsanoatqurilish materiallari” uyushmasining 2020 yilning 23 mayidan mamlakatimizga sement olib kelinishini tiklash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasiga tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan import bo‘yicha sement olib kirishda zarur hujjatlarning tezkor rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.
Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 apreldagi 246-son qaroriga muvofiq mamlakatimizga sement importi vaqtincha to‘xtatilgan edi.
LiveBarchasi