O‘zbekistonga Rossiyadan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 23-26 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa qismi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

23 fevralda respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 24 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Havo harorati 24 fevralda kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi, 25-26 fevralda harorat kechalari 7-12° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha pasayadi.

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 23 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 24 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24-25 fevralda Qoraqalpog‘istonda harorat kechalari 17-22° sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 12-17° sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10° sovuqgacha pasayadi.

23-25 fevralda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

747

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing