O‘zbekistonga salqin havo oqimi kirib keladi – O‘zgidromet
Bu qiziq
−
15 avgust 2022
50982O‘zbekistonda hafta oxiriga kelib, havo harorati pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysi tog‘li hududlarida 16 avgustda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat 36-39 darajagacha isiydi va shu kunlarning o‘rtacha iqlimiy qiymatlaridan yuqori bo‘ladi.
17 avgustdan boshlab respublika hududiga Ural hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi, bu esa issiq pasayishiga olib keladi. Ish haftasining oxiriga kelib, havo harorati kechalari 16-20 darajagacha, kunduz kunlari 30-33 darajagacha pasayadi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Ushbu davrda yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023