Hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet O‘zbekiston hududida 24-26 aprel kunlari kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo prognozini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 24 aprelda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 26-31 daraja, 25-26 aprelda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 24-25 aprelda 15-20 daraja, 26 aprelda 12-17 daraja, kunduzi 24 aprelda 27-32 daraja, 25-26 aprelda 24-29 daraja bo‘ladi. 

Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 aprelda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja; 25 aprelda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 24-29 daraja; 26 aprelda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 24-25 aprelda 27-32 daraja, 26 aprelda 25-30 daraja bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25-26 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 aprelda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja; 25 aprelda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 24-29 daraja; 26 aprelda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi. 

Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing