Ertaga qanday ob-havo bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
22 aprel
11979O‘zgidromet O‘zbekiston hududida 23 aprel kuni kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 27-29 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.
Shuningdek, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja, ba’zi joylarda 34 daraja gacha bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.
Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi (2000 metrdan yuqorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi