O‘zbekistonga Rossiyadan sovuq havo oqimi kirib keladi

Bu qiziq

3SV08364
0:00
0:00
download

Joriy yilning 26-27 fevralida O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi rayonlarida (Astraxan) shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kiradi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

26-27 fevralda O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda yog‘inlar kuchli bo‘ladi.

Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetadi.

Havo harorati 26 fevralda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi, mamlakat shimolida kechasi va kunduzi 3-8 darajani tashkil qiladi.. 27 fevralda respublika bo‘yicha havo haroratining kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing