O‘zbekistonga Pfizer vaksinasi olib kelindi
Jamiyat
−
17 yanvar 2022 4978 1 daqiqa
Bugun, 17 yanvar kuni O‘zbekistonga 310 050 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi. Bu 2022 yil hisobidan keltirilgan ikkinchi partiya vaksinadir.
Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 846 818 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
- 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
- 37 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
- 1 341 790 dozasi "Sputnik V";
- 3 500 460 dozasi Moderna;
- 2 626 650 dozasi Pfizer/BioNTech;
- 1 976 000 dozasi Sinovac;
- 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.
Shundan qariyb 40,6 million dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanildi.
Live
Barchasi