O‘zbekistonga koronavirus bemorlari uchun maxsus avtomobillar olib kelindi
Jamiyat
−
07 iyul 2020
11799O‘zbekistonga koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni trasportirovka qilish uchun 15 ta maxsus reanimobillar olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Keltirilgan yangi maxsus reanimobillar bemorlarni transportirovka qilish sohasidagi kamchiliklarni to‘liq bartaraf qilishda muhim omil bo‘lishi aytilmoqda.
Ushbu reanimobillar defibrillyator, EKG va sun’iy nafas berish apparatlari, dori-darmonlar kabi barcha kerakli vositalar bilan jihozlangan bo‘lib, bemorni bir manzildan tibbiyot muassasasiga yetkazib borguncha uning hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, bemorlarni tashishda tibbiyot xodimlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida reanimobillar biobokslar bilan ta’minlangan. Ushbu maxsus nasilkaning ustiga qilingan qoplamada darchalar bo‘lib, ular orqali tibbiyot xodimi bemorga bemalol muolajalar o‘tkazishi mumkin.
LiveBarchasi