O‘zbekistonga xorijdan 25 nafar o‘qituvchi olib kelindi

Jamiyat

image

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston bo‘ylab 10 oylik o‘qitish, malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu dastur doirasida o‘quvchi va talabalarga dars berish uchun Amerikadan 25 nafar o‘qituvchi O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda elchixona xabar berdi.

Unga ko‘ra, ushbu o‘qituvchilarning 17 nafari maktablarning 10-sinfidan to universitetgacha bo‘lgan bosqichda dars beradi. 8 nafar o‘qituvchi esa universitet darajasida ingliz tilini o‘qitish (TESOL)ga ixtisoslashgan. 

“Amerikalik o‘qituvchilarning 15 nafari AQSH Davlat departamentining "Fulbright" ingliz tili o‘qitish bo‘yicha yordamchi (ETA) dasturining bir a’zosidir, 2 nafari esa O‘zbekistonda ingliz tili o‘qitishni davom ettirish maqsadida Toshkentdagi AQSH elchixonasining “Ingliz tili o‘rgatuvchi” dasturida avval ham qatnashgan ETA bitiruvchilaridir. Bu ustozlar TESOL yoki tegishli sohada magistr darajasiga va o‘rtacha 10 yillik o‘qituvchilik tajribasiga ega”, deb yoziladi elchixona xabarida.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘qituvchilar O‘zbekistonning 11 ta viloyatida dars beradi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat rahbari Yangi o‘quv yilidan maktablarda xorijdan maxsus taklif etilgan 500 nafar ingliz tili mutaxassisi dars berishi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan yangi dastur va darsliklar bo‘yicha o‘qiy boshlashini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston o'qituvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made