O‘zbekistonga Kaspiy dengizi orqali sovuq va nam havo kirib kelyapti
Bu qiziq
−
26 noyabr 2020
18378Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy hafta oxiri – juma, shanba va yakshanba kunlari mamlakatda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 27-29 noyabr kunlari O‘zbekiston hududlariga Kaspiy dengizi orqali Volga bo‘yi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
27 noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kechqurun esa Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylariga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
28 noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari respublikamiz hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik ba’zi joylarda kuchili (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning tog‘ hududlarida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda yaxvonlik kuzatiladi.
27-28 noyabrda Respublika bo‘yicha shamolning tezligi 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarida 25-27 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
28-29 noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.
O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 10-12 darajaga kam bo‘lishi kutilmoqda.