O‘zbekistonga qo‘shni davlatlarda Ramazon qachon boshlanishi aytildi
Olam
−
25 mart 2022 21784 1 daqiqa
Joriy yil Qozog‘istonda muqaddas Ramazon oyi 2 apreldan boshlanadi. Bu haqda mamlakat Musulmonlari idorasi prezidiumida muftiy Navro‘zboy xoji Taganuli ma’lum qilgan.
Qozog‘iston muftiysi noibi, shariat va fatvo bo‘limi rahbari Sansizbay Kurbanulining qayd etishicha, bu qaror O‘zbekiston va Qirg‘iziston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda qabul qilingan.
“Bir necha kundan keyin muqaddas Ramazon oyi boshlanadi. Ramazon musulmon ummati uchun alohida oydir. Alloh taolo bizlarga rahmat, mag‘firat va savobga to‘la bir oyni ko‘rishni nasib etsin! Shu oyda xayriya tadbirlarini ko‘proq o‘tkazishingizni tavsiya qilaman”, deydi muftiy Navro‘zboy xoji Taganuli.
Eslatib o‘tamiz, bu yil Ramazon oyi 2 aprelda boshlanib, 1 mayda tugaydi. Ro‘za 30 kun davom etadi. 27 apreldan 28 aprelga o‘tar kechasi Qadr kechasi (Laylatul-Qadr) bo‘ladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025