O‘zbekistonga qo‘shni davlatda cho‘chqa grippi avj olyapti

Salomatlik

image

Qirg‘izistonda cho‘chqa grippining 118 ta holati qayd etilgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot markazi xabar berdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bishkek, O‘sh va To‘qmoq shaharlarida og‘ir o‘tkir respirator infeksiyalar va grippga o‘xshash kasalliklarni epidemiologik nazorat qilish davom etmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, bemorlar grippga qarshi tekshiruvdan o‘tkaziladi. 

“Oktyabr oyidan hozirgi kunga qadar jami 1149 ta namuna tekshirildi, ulardan 246 tasida gripp, shu jumladan A/H1N1 (cho‘chqa) grippi – 48% (118 ta), B grippi – 41,5% (102), tiplanmagan 7,3 foiz (18), gripp A/N3N2 1,2 foiz (3), H1N1 mavsumiy 2 foiz (5). 38 ta namunada COVID-19 aniqlangan. 

“Koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish tendensiyasi mavjud. Respublikada alohida holatlar qayd etilgan bo‘lib, ular engil va asemptomatik shaklda davom etmoqda”, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing