O‘zbekistonga qarshi o‘yin oson bo‘lmaydi – Kanselu
Sport
−
23 iyun 1293 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Joau Kanselu 2026 yilgi Jahon chempionati doirasida O‘zbekistonga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Portugaliyalik futbolchi bo‘lajak bahs Kongo DRga qarshi kechgan va 1:1 hisobida yakunlangan o‘yindan sezilarli darajada farq qilishini ta’kidladi. U O‘zbekiston terma jamoasining saviyasini yuqori baholadi.
“O‘zbekistonning o‘yin uslubi Kongo DRnikidan farq qiladi. Kongoliklar jismonan kuchli jamoa bo‘lsa, O‘zbekiston yaxshi tashkil etilgan va tezkor hujumchilarga ega. Men “Al-Hilol” safida o‘ynagan paytimda Osiyo Chempionlar ligasida o‘zbek klublariga qarshi maydonga tushganman. Shuning uchun O‘zbekiston futboli rivojlanib borayotganini yaxshi bilaman. Bu o‘yin biz uchun oson kechmaydi”, deydi Kanselu.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati “K” guruhi ikkinchi turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Portugaliya uchrashuvi bugun, 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Birinchi turda O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Portugaliya kutilmaganda Kongo DR bilan durang o‘ynab, ochko yo‘qotgan edi – 1:1.
Live
Barchasi