O‘zbekistonga qancha arab xurmosi eksport qilindi?

Bu qiziq

image

O‘zbekistonga 14 ming tonna arab xurmosi eksport qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2025 yilda O‘zbekistonga 19 ta davlatdan qiymati 10,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 13 983 tonna arab xurmosi import qilingan. Import hajmi o‘tgan yilga nisbatan 3,4 ming tonnaga oshgan.

2025 yilda O‘zbekistonga eng ko‘p arab xurmosi yetkazib bergan davlatlar:

Eron – 11 ming tonna;

Tunis – 809,6 tonna;

Turkiya – 416 tonna;

Saudiya Arabistoni – 327,9 tonna;

Qozog‘iston – 229 tonna;

Ozarbayjon – 223,5 tonna;

BAA – 216,9 tonna;

va boshqa davlatlar 768,7 tonna xurmo eksport qilgan.

Ma’lumot uchun, 2026 yilda O‘zbekiston bozorlarida 1 kilo arab xurmosi naviga qarab taxminan 35 mingdan 70 minggacha bo‘lgan narxda sotilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

eksport statistika arab xurmosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing