O‘zbekistonga eng ko‘p turistlar qayerdan keladi?

Jamiyat

−

image

Joriy yilning birinchi yarmida eng ko‘p Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari O‘zbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  
Qayd etilishicha, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida jami 4,2 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562,5 ming nafarga yoki 15,3 % ga oshgan.

O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Qirg‘iz Respublikasi – 1,2 mln nafar;
  • Tojikiston – 1,2 mln nafar;
  • Qozog‘iston – 845,8 ming nafar;
  • Rossiya – 442,1 ming nafar;
  • Turkmaniston – 83,7 ming nafar;
  • Turkiya – 62 ming nafar;
  • Xitoy – 35,5 ming nafar;
  • Hindiston – 33,3 ming nafar;Janubiy Koreya – 23,9 ming nafar;
  • Italiya – 19,5 ming nafar;
  • boshqa davlatlar – 211,2 ming nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Turkmaniston fuqarolari tashrif buyurayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing