O‘zbekistonga eng ko‘p nimalar import qilinmoqda?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2026 yilning ilk choragi davrida mashinalar va transport asbob-uskunalari (4,1 mlrd AQSH dollari) eng ko‘p import qilingan bo‘lsa, import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichlarda o‘sgan tovarlar esa mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash materiallar (+64,4 foiz) bo‘lgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning import hajmi 12,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan va o‘tgan yilga nisbatan 30,8 foizga o‘sgan.

Import tarkibi quyidagicha:

Mashinalar va transport asbob-uskunalari – 4,1 mlrd AQSH dollari (+29,9 foiz);

Sanoat tovarlari – 1,7 mlrd AQSH dollari (+14,2 foiz);

Kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar – 1,5 mlrd AQSH dollari (+21,5 foiz);

Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 1,4 mlrd AQSH dollari (+45,9 foiz);

Xizmatlar – 1,2 mlrd AQSH dollari (+17,9 foiz);

Mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash materiallar – 1,2 mlrd AQSH dollari (+64,4 foiz);

Turli xil tayyor buyumlar – 441,8 mln AQSH dollari (+43,7 foiz);

Nooziq-ovqat xomashyosi, yoqilg‘idan tashqari – 288,9 mln AQSH dollari (+28,7 foiz);

Hayvon va o‘simliklar moylari, yog‘lar va mumlar — 158,1 mln AQSH dollari (+46 foiz);

Ichimliklar va tamaki – 71,3 mln AQSH dollari (+42,6 foiz);

Boshqa tovarlar – 177,9 mln AQSH dollari (+ 2,3 barobar).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning I choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 18 mlrd AQSH dollariga yetgani, biroq eksport hajmi kamaygani haqida xabar qilingan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston import import hajmi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing