O‘zbekistonga AQSH va Yevropada tan olingan vaksina olib kelindi

Jamiyat

image

Bugun, 13 sentyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi yuklangan samolyot kelib qo‘ndi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, “Sputnik V” va Moderna vaksilaridan foydalanilmoqda. Pfizer/BioNTech vaksinasi O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan 5-vaksina bo‘ldi.

Shunday qilib, mamlakatga keltirilgan jami vaksina 24 002 540 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

•    1 342 480 dozasi AstraZeneca,
•    18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
•    460 000 dozasi “Sputnik V”, 
•    3 000 060 dozasi Moderna,
•    1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.

Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 16 861 167 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 3 121 019 nafarni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

261

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing