O‘zbekistonga 6 oyda eng ko‘p qaysi davlatlardan pul o‘tkazilgani ma’lum qilindi
Jamiyat
−
03 Oktabr 2022
21415Rossiya, Qozog‘iston va AQSH O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha birinchi yarim yillikda yetakchi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonga tushgan mablag‘larning umumiy hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb ikki barobarga oshib, 6,5 milliard dollarga yetdi. Umumiy summaning 81 foizi Rossiya Federatsiyasidan (5,3 milliard dollar) o‘tkazilgan.
O‘tgan yili Rossiyadan tushumlarning umumiy o‘tkazmalardagi ulushi 67 foizni (2,2 milliard dollar) tashkil qilgan. O‘zbekistonga transferlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston qayd etilgan. Olti oyda respublikaga Qozog‘istondan 327 million dollar jo‘natilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 11 foizga ko‘pdir.
Yilning birinchi yarmida AQSHdan tushumlar biroz o‘sgan – 2,6 foizga. Okeanorti mamlakatidan yuborilgan mablag‘larning umumiy miqdori 237 million dollarni tashkil etgan.
Boshqa barcha mamlakatlardan O‘zbekistonga 662 million dollar jo‘natilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga ko‘p.
LiveBarchasi