O‘zbekistonga 6 oyda 94 mln dollarlik telefon import qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 94,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 330 910 dona mobil telefon import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Telefon importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 294 508 donaga oshgan. O‘zbekistonga mobil telefonlar 10 ta davlatdan import qilingan. 

6 oy mobaynida mobil telefonlar eng ko‘p import qilingan davlatlar:

•    Xitoy – 1 mln dona;
•    Vetnam – 137 149 dona;
•    BAA – 94 565 dona;
•    Hindiston – 90 679 dona;
•    Qozog‘iston – 4109 dona;
•    Koreya – 1 914 dona.

Oylar kesimida telefon importi:

•    yanvar – 129 766 dona;
•    fevral – 284 461 dona;
•    mart – 286 056 dona;
•    aprel – 276 362 dona;
•    may – 124 393 dona;
•    iyun – 229 872 dona.


Maqola muallifi

Teglar

statistika import telefon

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing