O‘zbekistonga 40 ga yaqin mamlakatdan 300 nafar olimlar kelishi kutilmoqda

Biznes

image

13-21 sentyabr kunlari Toshkent, Xiva va Nukus shaharlarida  madaniy meros haftaligi o‘tkaziladi.

Bugundan haftalik doirasida “O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish – zamonaviy bosqichda” mavzusidagi V Xalqaro  kongress o‘z ishini boshladi.

Butunjahon jamiyatining navbatdagi kongressida mamlakatimizdan, shuningdek, Rossiya, AQSH, Germaniya, Italiya, Vengriya, Fransiya, Buyuk Britaniyaya, Turkiya, Yaponiya, Albaniya, Avstriya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Gretsiya, Isroil, Hindiston, Iordaniya, Eron, Xitoy, Livan, Mo‘g‘uliston, BAA, Niderlandiya, Ukraina, Polsha singari 40 ga yaqin mamlakatdan 300 nafar tarixchi va sharqshunos olimlar ishtirok etishi kutilmoqda. 

Shuningdek, Madaniy meros haftaligi doirasida o‘zbek san’atining jahon va mahalliy to‘plamlarda saqlanayotgan durdonalariga bag‘ishlangan "O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida" turkumidagi 50 ta noyob kitob-albom taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, kitob-albomlarning 50 ta to‘plamini muzeylar, galereyalar, ta’lim muassasalari, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari va konsulliklariga topshirish marosimini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, haftalik doirasida 14-15 sentyabr kunlari Xiva shahrida "Markaziy Osiyo dunyo  sivilizatsiyalari chorrahasida" xalqaro madaniyat forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbir YUNESKO bilan birgalikda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh assambleyasining 75 -sessiyasida bildirilgan tashabbusi asosida o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hukumati qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan, YUNESKO, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi ko‘magi bilan o‘tkazilmoqda.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing