O‘zbekistonga 24 soat ichida 2 million doza vaksina olib kelindi
Jamiyat
−
06 avgust 2021 7180 1 daqiqa
Bugun, 6 avgust kuni Xitoydan O‘zbekiston olimlari bilan hammualliflikda tayyorlangan koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasidan 1 million doza olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 avgust kuni O‘zbekistonga navbatdagi 1 million doza o‘zbek-xitoy vaksinasi keltirilgani haqida xabar berilgandi.
Bundan avval ZF-UZ-VAC2001 ning:
- 27 martda — 1 million doza;
- 27 aprelda — 1 million doza;
- 18 mayda — 1 million doza;
- 19 mayda — 500 ming doza;
- 10 iyunda — 1 million doza;
- 29 iyunda — 1 million doza;
- 30 iyunda — 1 million doza;
- 20 iyulda — 1 million doza;
- 21 iyulda 1 million doza doza partiyalari keltirilgan.
Shunday qilib, O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina 14 million 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
- 370 ming dozasi “Sputnik V”,
- 710 ming dozasi AstraZeneca,
- 10,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 3 million 60 dozasi Moderna vaksinasidir.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar 9 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida foydalanildi. Shuningdek, kecha, 5 avgust kuni emlashlar miqdori 426 ming dozadan ortib, kunlik vaksinatsiya bo‘yicha rekord o‘rnatildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025