O‘zbekistonga 2 kg “opiy” olib kirgan narkosavdogarlar ushlandi
3-sahifa
−
18:08 244 1 daqiqa
Toshkent viloyatida 2 kg 18 gramm “opiy”ni 20 ming dollarga sotgan qo‘shni davlatning ikki fuqarosi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1972 va 1976 yillarda tug‘ilgan ikki nafar xorijiy fuqaro qo‘lga olingan.
Ular “opiy” moddasini aylanma yo‘llar orqali O‘zbekiston hududiga olib kirib, Toshkent viloyatida shartli xaridorga 20 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida giyohvandlik moddalarini tarqatishda gumonlangan shaxs ushlandi. Tezkor tadbir davomida undan tashqari yana 13 ta manzildan giyohvandlik vositalari topilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi