O‘zbekistondan Turkiyaga qancha qutqaruvchi va texnika jo‘natilayotgani aytildi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan O‘zbekiston bugun, 6 fevral kuni kuchli zilziladan aziyat chekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natishini ma’lum qilgan edi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Turkiyaga jo‘natilayotgan yordam nimadan iborat ekani haqida xabar berdi.

“Mirziyoyev topshirig‘iga asosan qardosh Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami va zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda bugun, 6 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da 7,8 (ba’zi manbalarda 7,4) magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila oqibatida Turkiyada 912 kishi qurbon bo‘ldi, 5 385 kishi jarohatlandi. 2 818 ta bino vayron bo‘ldi, vayronalar ostidan hozirgacha 2 470 kishi olib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya insonparvarlik yordami qutqaruvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing