O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan yuk mashina Qozog‘istonda yonib ketdi
Olam
−
12 fevral 2022 7879 1 daqiqa
Qozog‘istonda Nur-Sulton - Pavlodar yo‘lida Rossiyaga o‘zbek trikotaj buyumlarini olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda KazTAG ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 12 fevral kuni soat 01:38 da O‘zbekistondan Rossiyaga trikotaj maxsulotlari olib ketayotgan Renault Premium 2010 yuk mashinasi Nursulton-Pavlodar trassasasida yonib ketgan.
Yuk mashinasi O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan bo‘lgan. Ikki haydovchi Qalqaman qishlog‘idagi issiqlik punktiga evakuatsiya qilingan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda yong‘inga o‘tkazgichlardagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Yong‘in soat 5:00 da o‘chirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan roppa-rosa 4 yil avval, ya’ni 2018 yilning 18 yanvar kuni o‘zbekistonliklarni olib Rossiyaga ketayotgan avtobus Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati hududida yonib ketgan edi. Fojia oqibatida avtobus salonida bo‘lgan 57 kishidan 52 nafari halok bo‘ldi.
Qurbonlarning 31 nafari Namangan, 16 nafari Farg‘ona, 2 nafari Andijon, 1 nafari Surxondaryo viloyati, 2 nafari Toshkent shahrida yashashgan.
Live
Barchasi