O‘zbekistondan Moskvaga aviachipta narxi qancha bo‘lishi ochiqlandi

Jamiyat

image

Avvalroq O‘zbekistondan Moskvaga muntazam aviaqatnovlar tiklangani haqida xabar bergan edik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi ushbu reys chiptalarining narxi qancha bo‘lishini ochiqladi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkentdan Moskvaga yo‘naltirilgan reys chiptalarining narxi 4 mln 200 ming so‘mdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyidan boshlab, har shanba kuni Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etiladi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha uchishni boshlash uchun Rossiyaga kelishdan avval 3 kalendar kunidan oshmagan holda PSR-test (rus yoki ingliz tilida) o‘tkazish talab qilinadi. 

Mazkur reysga O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va Rossiya hukumatining 2020 yil 16 martdan Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilmagan, O‘zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari kiritilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

825

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing