O‘zbekistondan Qozog‘istonga eksport qilingan pomidorda xavfli virus aniqlandi
Jamiyat
−
03 iyun 2024
12656O‘zbekiston va Turkmanistondan Qozog‘istonga olib kirilgan 30 tonnaga yaqin pomidor fitosanitariya talablari buzilgani sababli ortga qaytarildi. Bu haqda Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining Agrosanoat majmuasidagi davlat nazorati qo‘mitasiga tayanib, “Tengrinews” xabar berdi.
Joriy yilda Qozog‘istonga Turkiston viloyatida joylashgan fitosanitariya nazorati postlari orqali 1075 ta avtomashinada qo‘shni davlatlardan eksport qilingan 15 637 802 tonna pomidor mahsuloti olib kirilgan. Shu bilan birga, fitosanitariya talablari buzilganligi (fitosanitariya sertifikati, yorlig‘i yo‘qligi) tufayli hajmi 29,522 tonnani tashkil yetgan pomidor eksport qiluvchi davlatga qaytarilgan.
Ma’lum qilinishicha, mahsulotlarning yashirin ifloslanishini aniqlash maqsadida boshqa davlatlardan olib kelingan pomidor, baqlajon, qalampirning har bir partiyasi tegishli karantin fitosanitariya ekspertizasidan (PCR) o‘tkazilgan. Natijada “jigarrang bujmaygan pomidor virusi” aniqlandi.
Mahsulotlar ifloslanganligi sababli 56,1 tonna pomidor Turkmaniston Respublikasiga, 4,2 tonna pomidor O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi.
Shuningdek, 2024 yil boshidan buyon fitosanitariya talablariga javob bermaydigan, import qilingan 497 ming 624 tonna import nazorati ostidagi mahsulotlar fitosanitariya nazorati punktlariga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistondan Rossiyaning Orenburg viloyatiga yuborilgan o‘riklar qurtlaganligi sababli kiritilmagandi.
Shahnoza Halilova
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar