“O‘zbekistondan fantastik yangilik” – Stiv Sverdlov

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi tugatilishi haqida xabar bergan edik.

Prezidentning mazkur qarorini Human Rights Watch tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Stiv Sverdlov mamnuniyat bilan qarshi oldi.

“O‘zbekistondan fantastik yangilik. Prezident O‘zbekistonning shimoli-sharqidagi tashvishli Jasliq qamoqxonasini yopish to‘g‘risida qarorni imzoladi. Jasliq 2000-yillar boshidan dahshatli qiynoqlar bilan tanilgan va Human Rights 17 yildan beri uni yopishga chaqirib keladi”, degan Sverdlov Twitter`dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, "Jasliq" qamoqxonasidagi mahbuslar Nukus shahridagi jazoni o‘tash koloniyasiga ko‘chiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jasliq Stiv Sverdlov

Baholaganlar

219

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing